"Milan" katta transferga qo‘l uradi

  • 25 iyun, 2022, 14:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachisi Xakim Ziesh yozgi transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Janluka Di Martsio xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, marokashlik o‘yinchi xizmatiga A Seriya chempioni "Milan" qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida Ziesh ham yangi chorlovlarga tayyor va "rossonerilar" safiga o‘tishga qarshi emas. 

O‘tgan mavsum 29 yoshli xavbek premer-liga doirasida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol hamda 3 ta samarali uzatma muallifiga aylandi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!