
"Milan" koronavirusga qarshi kurashish uchun 250 ming evro ajratdi
Italiya A Seriyasi klublari koronavirus epidemiyasi bilan kurashishga yordam berishmoqda.
Jurnalist Janluki Di Martsioning xabar berishicha "Milan" klubi ushbu virusga qarshi kurashish uchun o‘z g‘aznasidan 250 ming evro ajratgan. Ushbu mablag‘lar Italiyaning Lombardiya shahri favqulodda vaziyatlar bo‘limi hisob raqamiga borib tushadi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunga kelib Italiyada 7 mingdan ortiq inson koronavirusga chalingan.
Fikrlar