
“Milan” qishda Paredesni sotib olmoqchi
Italiyaning “Milan” jamoasi qishki transfer mavsumida “Zenit” yarim himoyachisi Leandro Paredasni xarid qilish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, milanliklar skautlari 24 yoshli futbolchining o‘yinlarini muntazam kuzatib borishmoqda. Bundan tashqari, “Milan” vakillari PSJ a’zosi Adrien Raboni ham kuzatib bormoqda.
Paredes joriy mavsumda Rossiya chempionatining 10 uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar