
"Milan" "Shaxtyor" futbolchisiga qiziqmoqda
"Milan" klubi "Shaxtyor" yarim himoyachisi Tetega jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda GaúchaZH nashri xabar tarqatmoqda.
“Milan” vakillari men bilan bog‘lanishdi.Ular mendan Tetening transferi masalasida gaplashishdi. Ayni damda klublar o‘rtasida muzokaralar ketmoqda. Hammasi “Milan” va “Shaxtyor”ning o‘zaro kelishuviga bog‘liq”, - deydi braziliyalik futbolchining agenti.
Xabarlarga qaraganda “Shaxtyor” Teteni 30 mln evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, “Shaxtyor” Teteni Braziliyaning “Gremio” klubidan 15 mln evroga sotib olgan edi. U joriy mavsum 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar