
"Milan" so‘nggi 5 yilda 413 mln evro zarar ko‘rdi
Italiyaning “Milan” klubi hamon moliyaviy inqirozda davom etmoqda. Ta’kidlash kerakki, so‘nggi 3 yilda “rossonerilar” xo‘jayini 3 marta almashdi. Biroq, shunday bo‘lsada jamoa haligacha Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmayapti.
Qayd etish lozimki, “Milan” har yili yuzlab milllion evro zarar ko‘rmoqda. Ushbu jamoa so‘nggi 5 yilda jami 413 mln evro zarar ko‘rgan.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Milan” UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmaslik uchun joriy oy oxirigacha 30 mln evrolik futbolchilar sotuvini amalga oshirishi kerak.
Fikrlar