"Milan" va "Inter" tajribali mutaxassisni olib kelmoqchi

  • 12 fevral, 2023, 09:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Mauritsio Sarri faoliyatini Italiyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

"Il Messaggero" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Milan" hamda "Inter" uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ayni vaqtda Milan shahri jamoalari Stefano Pioli hamda Simone Inzagining ishidan qoniqish hosil qilmayapti.

Shu sababli, ulardan biri o‘z o‘rnini italiyalik tajribali mutaxassisga bo‘shatib berishi ehtimoldan holi emas. 63 yoshli Sarri ayni vaqtda "Latsio" bosh murabbiyi hisoblanadi. U "burgutlar" rahbariyati bilan bir necha bor janjallashib qolgan va Rimni tark etishga qarshi emas.

A Seriya 22-turidan keyin "Inter" ikkinchi, "Milan" beshinchi, "Latsio" oltinchi pog‘onani band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!