"Milan" yana bir bor Malkomni sotib olishga urunib ko‘rmoqchi

  • 24 aprel, 2019, 17:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" vingeri Malkom faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik futbolchining xizmatlariga "Milan" klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. "Rossonerilar" vakillari allaqachon Malkomning agenti bilan uchrashishgan va bu borada muzokaralar o‘tkazishgan.

O‘z navbatida Malkom ham agar Grizmann “ko‘k-anor ranglilar” safiga ko‘chib o‘tsa, jamoadan ketishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" o‘tgan qishki transferlar davrida ham Malkomning transferi borasida "Barselona"ga rasmiy taklif bilan murojaat qilgan edi. Ammo, o‘shanda kataloniyaliklar Malkom uchun A Seriya grandidan 50 mln evro talab qilishgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!