
"Milan" yana bir transferni amalga oshirish arafasida turibdi
"Milan" "Valensiya"dan Yunus Musani o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Yarim himoyachi bilan shaxsiy shartlar kelishib olingan.
Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, tomonlar 20 million evrolik kelishuvga erishdi. Futbolchi bilan 2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolanishi kutilmoqda. U tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Milanga uchib ketadi.
Ma’lumot uchun, Musa o‘tgan mavsum "ko‘rshapalaklar" tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golda ishtirok etgan.
Fikrlar