“Milliy sport mukofoti-2022” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

  • 23 dekabr, 2022, 23:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun poytaxtimizda “Milliy sport mukofoti-2022” tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yil yakunlariga ko‘ra, quyidagilar laureatlar qatoridan joy oldi:

Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Gulsevar G‘anieva (boks)

Yil kashfiyoti: Sharifa Davronova (engil atletika)

Yilning eng yaxshi hakami: Eshpo‘lat Hidoyatov (sport kurashlari)

Yilning eng yaxshi sport shifokori: Rustem Ablyalimov (velosport)

Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Azizbek Boynazarov (para suzish)

Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Bobur Qo‘ziev (para taekvondo)

Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Guljanoy Naimova (para taekvondo)

Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Server Ibragimov (para o‘q otish)

Yilning eng yaxshi para sport klubi: Sport kurashlari klubi

Amputantlar futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun: Rustam Mehmonov (“Matonat futbol” nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi raisi)

Futbol bo‘yicha amputantlar terma jamoasi fidoyisi: Baxtiyor Rajabov (Futbol bo‘yicha amputantlar terma jamoasi faxriysi)

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Kamoliddin Alimov

Yilning eng faol sport targ‘ibotchisi: Timur Nizaev («Pravda Vostoka» gazetasi)

Yilning eng yaxshi matbuot xizmati: O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi (Vitaliy Judro)

Olimpizm targ‘iboti yo‘lidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Anvar Avazxo‘jaev

Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi

Yilning eng yaxshi federatsiyasi: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi

Sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha eng yaxshi tashkilotchi: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi.

Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun: Birodar Abduraimov (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi )

Milliy sport turlarini ommaviylashtirishga qo‘shgan hissasi uchun: Nig‘matilla Yo‘ldoshev (O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori, O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi)

Xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun: Tanzila Narbaeva (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbari)

Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb qilishdagi xizmatlari uchun: Abdusalom Azizov (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari)

Xalqaro tadbirlarning eng yaxshi tashkilotchisi: Osiyo Olimpiya kengashi

Yilning eng yaxshi murabbiyi: Ilias Iliadis (Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi)

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Svetlana Osipova (taekvondo WT bo‘yicha jahon chempioni)

Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Muzaffarbek To‘raboev (dzyudo bo‘yicha jahon chempioni)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!