Mirazizbek Mirzahalilov finalda! Navbatdagi raqib Qozog‘iston vakili

  • 8 dekabr, 2024, 14:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.

Tecno

9-kun doirasida, 57 kg da Mirazizbek Mirzahalilov filippinlik Klark Bautistaga qarshi ajoyib jang olib borib, yakunda 5-0 hisobida g‘alaba qozondi. Endi charm qo‘lqop ustamiz oltin medal uchun Qozog‘iston vakili Orazbek Asylkulov bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni yana bir vakilamiz Adhamjon Muhiddinov hamda filippinlik Mark Ashley Fajardo to‘qnashuvi kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!