Mirjalol Qosimov: Aslida o‘yinlarni avvalroq markazlashtirilgan holatda o‘tkazish kerak edi

  • 4 avgust, 2020, 21:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliganing birinchi davra o‘yinlarining qolgan tur uchrashuvlari markazlashtirilgan holda o‘tkazilishiga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

«Hozirgi sharoitda yuzaga kelgan fors-major holati o‘yinlarni markazlashtirilgan tarzda o‘tkazishni taqozo qiladi. Bu aynan qaysidir jamoaga ustunlik taqdim etmaydi. Aksincha, hamma bir xil sharoitda. Markazlashtirilgan formatdagi o‘yinlarda barcha jamoalar neytral maqomda. Aslida o‘yinlarni avvalroq markazlashtirilgan holatda o‘tkazish kerak edi. Shunda taqvimda ham ortiqcha qiyinchiliklar paydo bo‘lmasdi. Terma jamoamiz va Osiyo chempionatiga taraddud ko‘rayotgan O‘zbekiston yoshlar jamoasi manfaati uchun ham yaxshi taraflama xizmat qilardi. Hechdan ko‘ra kech. Ayni damdagi vaziyatdan kelib chiqilsa, markazlashtirilgan variant har taraflama eng ma’qul echim», - deya o‘z fikrlarini bildirdi Mirjalol Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!