Mirjalol Qosimov hakamlik haqida: Insofni hammaning o‘ziga bersin!

  • 27 noyabr, 2021, 18:09
  • Javokhir Azimov
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 26-turidan o‘rin olgan AGMK - "So‘g‘diyona" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

Bu yilgi juda qiziqarli, kurashlarga boy chempionati yakuniga etdi. Menimcha, kareram davomida bunday mas’uliyatli o‘yin bo‘lmagan edi. Baqoev boshchiligidagi "So‘g‘diyona"ni ikkinchi o‘rin bilan tabriklayman. U yaxshi jamoa tuza oldi. Umuman olganda, bronza medali ham yomon natija emas. Mavsum avvalida jamoamizni bir necha yaxshi darajadagi futbolchilar tark etganiga qaramay, yaxshi jamoa tuza oldik. 

Shu darajaga etishishimiz uchun harakat qilgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Hayot davom etadi. Men shogirdlarim bilan faxrlanaman. Shuningdek, mavsum davomida turli xil vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat demoqchiman.

AGMK boshqaruviga kelganingizga 2,5 yildan oshdi. Ammo hamon klubda himoyachi muammosi bartaraf etilmadi. Balki bu chiziqqa legioner olib kelish kerakdir.

Nafaqat AGMKda, balki milliy terma jamoamizda ham himoyachi muammosi bor. Bugungi o‘zbek futbolida oldingi davrdagidek kuchli himoyachilar yo‘q. Menimcha, bu pozitsiyaga legioner olib kelishimiz kerak. Ammo biz katta harajat qila olmaymiz. Shuning uchun ham orqa chiziqda mahalliy futbolchilarga tayangan edik. Bu hozir hal qilinadigan masala emas.

Bugungi hakamlikdan ko‘nglingiz to‘ldimi?

Biz ham osmondan tushgan odam emasmiz. Futbolni biz ham tushunamiz. Insofni hammaning o‘ziga bersin. Shu jumladan, menga, barchamizga bersin. Shunchaki, bundan muxlislar butun O‘zbekistonda yo‘q. Ularni aldashning iloji yo‘q. Shu zavodning og‘ir ishini qiladigan insonlar kelib, madaniy hordiq olishni istaydi. Men hakamlik haqida ortiqcha gapirishni xohlamayman.

Hakamlarni nazorat qiladigan alohida qo‘mita bor. Ular vaziyatni kuzatib, xulosa chiqarsin. Men o‘z ishim bilan shug‘ullanishim kerak.

"Nasaf"ga qarshi kubok yarim finalidan o‘rin olgan uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etmadingiz. Bu nima bilan bog‘liq?

Qatnashgim kelmadi! Shuning uchun shogirdimni yubordim. To‘g‘risini aytsam, hali ham o‘zimga kela olmadim. Hamma narsaning chegarasi bor. Sog‘ bo‘ling!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
28/11/2021 14:32
Миржалол ака жуда яхши инсон. Уз касбини фидоийси, яхши клубларга мураббийлик килса яхширок натижага эришар эди.
Sattorov Xayriddin
27/11/2021 18:15
Awibkayam qilib turadi
Sattorov Xayriddin
27/11/2021 18:13
Va uzoqdan kurolmaydi yaxwi
Sattorov Xayriddin
27/11/2021 18:13
Uynini
Sattorov Xayriddin
27/11/2021 18:13
Xakamlaram tuģri oriborlamyadi
Sattorov Xayriddin
27/11/2021 18:12
Wunday tuģri gap insofni uziga bersin