Mirjalol Qosimov: "Hamma yaxshi o‘yin bo‘lishini kutgandi, shunday ham bo‘ldi"

  • 26 oktabr, 22:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK klubi ushbu turda “Nasaf”ni qabul qildi va o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

Tecno

- Ikkala jamoa ham g‘alaba uchun maydonga chiqqandi. Ammo oxir-oqibat jamoalar bir ochkodan o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydilar. Hamma yaxshi o‘yin bo‘lishini kutgandi. Yaxshi o‘yin ham bo‘ldi. Uchrashuvdan keyin Ro‘ziqul bilan ham gaplashdim. Maydon sifati biroz ta’sir ko‘rsatdi. Bizni jamoa ham texnik futbol ko‘rsatishga harakat qiladi. “Nasaf” jamoasi ham shunday. Biroq uchrashuv tugaguncha hamma g‘alaba uchun kurashdi.

- “Nasaf”ga ko‘proq ochko kerak edi. Doim ochkolar kerak bo‘lgan klubga qarshi “nastroy” bilan o‘ynash qanday bo‘ladi yoki qo‘shimcha ishtiyoq bo‘ladimi?

- Farqi yo‘q. Har bir futbolchini miyasiga kirib bo‘lmaydi. Lekin gaplashilinadi, yo‘llanma beriladi. Masalan, Farg‘onadagi bellashuvda statistikalar ikki barobarga ko‘p. Qo‘qon yoki Andijodagi o‘yinlarda ham shunday. Futbolda yigitlar ruhan sinib qolish holatlari uchrab turadi. Futbolda har xil vaziyat bo‘ladi. Qanaqa hisob bo‘lishidan qat’iy nazar hakamni oxirgi xushtagi chalingunga qadar yigitlar kurashishadi. Futbolda har doim yutib bo‘lmaydi. Ha, qandaydir vaziyatlarda gol ura olmasligimiz bor, raqib jamoani qarshilik ko‘rsatishi bor. Shu narsalarda pand eganmiz. “Nasaf” bilan o‘yinda ham futbolchilarimizda yaxshi vaziyatlar yuzaga kelgandi. Ruhan oxirigacha kurashga o‘rgatishimiz kerak va bu qachondir o‘z mevasini beradi.

- OKMK hisobda oldinga chiqib olganida  zaxiradan maydonga tushgan yigitlarni o‘yinga qo‘shilib ketishlarida muammolar bo‘ldi...

- Bo‘ldi. Goldan oldingi vaziyatda ham Ahmad to‘pni to‘xtatib Xurshidga bersa bo‘lardi. Negaki, chap qanotda bo‘shliq bor edi. Kutilmaganda to‘pni orqaga berdi. Yana qayta ko‘rib chiqish kerak. Masalan, Farg‘onadagi bahsda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar yaxshi qo‘shilib ketishgan, faqat gol urishmagan. Doim ta’kidlab kelamiz, zaxirada qolgan futbolchilar har doim o‘yinni kuchaytirishlari lozim. Shunda bekorga almashuv bo‘lmaydi. Baribir bitta o‘yinchiga to‘nkab qo‘yish qiyin, noto‘g‘ri ham bo‘ladi. Bu jamoaviy o‘yin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!