
Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv"ga qarshi o‘yin rasmiy mashg‘ulot edi
Oliy liga 30-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" o‘yinidan so‘ng "qaldirg‘ochlar" ustozi Mirjalol Qosimov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Lokomotiv"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ikki jamoaga ham ruhan bosim yo‘q edi. Hamma o‘z vazifasini bajardi. Muxlislarga yoqadigan va jarohatsiz o‘yin bo‘lishini uqtirgandik. Bugun vaziyat va gollarga boy o‘yin bo‘ldi.
Jarohat futbolning bir qismi. Shahzod sust harakat qilgani uchun uni almashtirayotgandim. Lekin Gadoev maydonni tark etdi. Gadoevning ahvoli borasida aniq nimadir ayta olmayman. Ertaga uning ahvolini bilib olamiz. Uning ko‘ziga e’tibor berganimda jarohat jiddiy emasdek tuyuldi.
Bugun 3 markaziy himoyachi bilan harakat qildik. Chunki bu kabi o‘yinlarda har xil sxemalarni sinab k6rdik. Bu "Loko"ni chalg‘itish emas, balki rasmiy mashg‘ulot desak to‘g‘riroq bo‘ladi", - deb aytib o‘tdi Qosimov.
Fikrlar