Mirjalol Qosimov: "Metallurg" jamoasiga qoyil qolish kerak"

  • 21 oktabr, 2021, 21:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 23-turiga start berildi. Dastlabki o‘yin Bekobodda “Metallurg” hamda AGMK jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Yomg‘ir ostida kechgan bahsda olmaliqliklar Aleksandr Kasyanning kiritgan yagona goli evaziga o‘ta muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvdan keyin AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Negaki, bundan oldin ham aytgandim, chempionat qizg‘in pallasiga kirgan. Jadvalning yuqori qismida ham, qolaversa, Superligada qolish uchun ham har bir jamoa jonini berib o‘ynayapti. Shu bois bugungi uchrashuv ham bundan mustasno emasdi.

O‘yin qiziqarli va jangovar tarzda o‘tdi. Shuningdek, yomg‘ir ostida maydon ham futbolni tezlatdi. O‘ylaymanki, haqli ravishda g‘alaba qozondik.

Birinchi bo‘limda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lgandik. Gadoevda ham vaziyat bo‘lgandi. Bu – futbol va shunisi bilan qiziq. “Metallurg” jamoasiga qoyil qolish kerak. Boya aytib o‘tganimdek, har bir ochko uchun jonini berib harakat qildi. Hech bo‘lmaganda bir ochko olishga urinishdi.

Yomg‘ir yog‘ishiga qaramasdan muxlislar oxirigacha qolib o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlashdi. Muhimi, uch ochkoga ega bo‘ldik. Jarohatlar ham bo‘ldi. Oson o‘yinning o‘zi yo‘q. “Metallurg” jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilab qolaman, - dedi Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шокиров Каландар
21/10/2021 21:39
Эртак укима ШУНЧАКИ металлургни Суперлига да олиб колмокчисизлар ГУЙО КАЙТИ УЙИН НОЛЬ КРАЙАЙНИ АБДУРАЙИМОВ ШУНДАЙМИ.?
Шокиров Каландар
21/10/2021 22:09
Четдан судя ва мурабий олиб келинса .?Нима булади.? Корупппппция очиларди.!

уйин ноль махтанишади яна
Шокиров Каландар
21/10/2021 21:39
Эртак укима ШУНЧАКИ металлургни Суперлига да олиб колмокчисизлар ГУЙО КАЙТИ УЙИН НОЛЬ КРАЙАЙНИ АБДУРАЙИМОВ ШУНДАЙМИ.?