Mirjalol Qosimov: "Qora an’ana"miz bor ekanligidan bexabar edim

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca Cola Superliga 4-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” hamda AGMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Oxirgi o‘yinimiz 13 mart sanasida “Bunyodkor”ga qarshi o‘tgan edi. Katta futbolni barchamiz sog‘ingan edik. Og‘ir o‘yin bo‘lishini his qilgan holda jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Bugun futbolchilar men xohlagan o‘yinni namoyish etishdi va nazarimda, haqli ravishda g‘alabaga erishdik. Ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman va muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. “Qizilqum”ga qarshi “qora an’ana”miz borligi haqida bilmagan edim. Bizning vazifamiz har qanday holatda uchrashuvga maksimal tayyorgarlik ko‘rish. Har qanday omadsiz seriyaning ham oxiri bo‘lishi kerak. O‘yinimizdagi ba’zi kamchiliklar rejalashtirilmagan tanaffus asoratlari. Tez fursatlarda bu muammoni ham bartaraf etishga harakat qilamiz”, – dedi Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!