Mirjalol Qosimov so‘nggi daqiqalarda qo‘lga kiritilgan 1 ochko haqida nimalar dedi?

  • 7 avgust, 2021, 23:34
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 14-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - AGMK uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Ikki xil bo‘lim guvohiga aylandik. Birinchi taymda jamoalar ehtiyotkor futbol namoyish etdi. Ikkinchisida esa, faqat g‘alaba uchun ochiq o‘yin bo‘ldi. Menimcha, durang har ikki tomonni qanoatlantirdi.

Raqib himoyachilari bugun zich harakat qildi. Shuning uchun, jarima maydoniga yorib kirishga qiynaldik va uzoq masofadan zarbalar berdik. 5 ta himoyachiga qarshi o‘ynash o‘ziga yarasha muammo tug‘diradi. Ammo o‘z oldiga katta maqsad qo‘ygan jamoa bundan qo‘rqmasligi kerak.

O‘z uslubimizni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, vaziyatlardan foydalana olsak, yaxshi o‘yin ko‘rsata olamiz. Boshqa uslublarni ham sinab ko‘rganmiz. Mehmonda kuchli jamoaga qarshi harakat qildik va yomon o‘yin ko‘rsatmadik".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!