Mirjalol Qosimov "Surxon"dan uchralgan alamli mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 30 iyul, 2023, 01:17
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 14-turidan o‘rin olgan OKMK – “Surxon” (2:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Surxon” juda ham zich himoyalanib, qarshi hujumlarga e’tibor berishini shogirdlarimga ta’kidlagan edim. Bugun uchala gol ham qarshi hujumdan kiritildi. Odatdagidek, yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng kirishib ketish qiyin bo‘ldi. Aksariyat futbolchilarimiz jismonan tayyor emas. Boisi, ularda shamollash, jarohatlar kuzatildi. Bugungi bahs tarixga aylandi. Xatolar ustida ishlab, keyingi turga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Oldimizda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p. Ishlamagan odam xato qilmaydi. Katta shaharlar ham bir kunda qurilmagan.

Kombinatsion hujumdan so‘ng gol kiritdik va shundan so‘ng xotirjamlikka berildik. Bu esa qimmatga tushdi. Futbolni aldab bo‘lmaydi. Zamonaviy futbolda bir joyda turib g‘alaba qozonishning iloji yo‘q.

To‘xtaxo‘jaev va Mirzaev hali jismonan tayyor emas. Ularga biroz vaqt kerak. Oldinda ketma-ket uchrashuvlar kutib turibdi va o‘ylaymanki, shu o‘yinlar orqali o‘z darajamizga chiqamiz”, – dedi Qosimov.

O‘zPFL matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Музаффар Ниязов
30/07/2023 09:15
И киппуйду буптида Яна