Mirjalol Qosimov: "Tarkibda hech kimga joy kafolatlanmagan"

  • 19 oktabr, 2022, 23:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK klubi Jar stadionida “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvda yagona gol evaziga g‘alaba qozonib, uch ochko egasiga aylandi. Bellashuvdan keyin AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Kerakli va muhim o‘yin edi, biz uchun. Uchrashuvni nazoratimiz ostida o‘zimiz istagandek o‘tkazdik. Raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Muhim va qimmatli 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Maqsadimiz OChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Bugun jamoamiz yaxshi o‘ynadi, jamoaviy kombinatsion futbol ko‘rsatdik. Ammo ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Avvalgi o‘yinlarda ham yaratilgan imkoniyatlarni golga aylantirishda oqsagandik. Shunga qaramasdan kichik hisobdagi g‘alaba bilan muhim 3 ochkoga ega bo‘ldik. O‘yin uchun yigitlarga va muxlislarimizga qizg‘in qo‘llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildiraman.

Muhammadanas Hasanov mashg‘ulotlarda sidqidildan shug‘ullanmoqda. Unga hech qanday e’tirozim yo‘q. Asosiy tarkibga kirishi uchun raqobat qilmoqda, agarda shu tariqa ishlasa, unga ham imkoniyat beriladi. Faqat ishlash kerak va sabr.

Tarkibda hech kimga joy kafolatlanmagan. G‘iyosovning o‘yinida pasayish bo‘layotganini o‘ziga ham aytdim. Bu tabiiy hol. Chunki raqiblar ham uning harakatlarini o‘rganishadi va zararsizlantirishga intilashadi. Unga ko‘proq imkoniyat berishimning sababi Xurshid to‘p bilan muomala qilishda va uni nazorat qilishda yaxshi harakatlanib, Gadoev va Cia bilan o‘zaro o‘yinda bir-birini yaxshi tushunib harakatlanadi».

AGMK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!