Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Salohni "Oltin to‘p"ga munosib deb hisoblaydi
Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Agirre hujumchi Muhammad Salohni "Oltin to‘p"ga munosib deb hisoblashini aytdi.
“Saloh aql bovar qilmaydigan futbolchi, u jamoadoshlari uchun jiddiy va yaxshi do‘st. U juda ko‘p mehnat qilyapti va “Oltin to‘p”ga munosibligini ko‘rsatmoqda. U “Liverpul” bilan birga Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, agar u Misr terma jamoasi safida Afrika Millatlar kubogida chempion bo‘lsa, “Oltin to‘p”ni undan hech kim tortib ololmaydi”, - deydi Agirre.
Eslatib o‘tamiz, hozircha Afrika qit’asidan faqatgina Jorj Vea 1995 yil “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. Shundan buyon ushbu mukofotni “qora qit’a”ning hech bir vakili qo‘lga kirita olmayapti.

Fikrlar