MMA bo‘yicha Osiyo chempionati g‘oliblari tanatanali ravishda kutib olindi (FOTOGALEREYa)

  • 18 dekabr, 2023, 17:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabar berib o‘tganimizdek Bahraynning Manama shahrida havaskor MMA bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Kecha ushbu qit’a birinchiligi o‘z yakuniga etdi. O‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Tecno

Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi kattalar o‘rtasida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ega chiqishgan bo‘lsa, 18-20 yoshlilar o‘rtasida 6 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini, 12-17 yosh toifasida esa 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronzani qo‘lga kiritdi. Jami, 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Bugun erta tongda sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshennt xalqaro aeroportida kutib olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!