
MMA jangchisi maktabda kaltaklangan o‘quvchiga jang san’atini o‘rgatishni taklif qildi
“Bellator”ning engil vazndagi jangchisi Dillon Denis tahqirlash qurboni bo‘lgan maktab o‘quvchisiga o‘z yordamini taklif qildi.
“Bunday videolar mening ko‘nglimni buzadi. Hech kim bunday holatga duch kelmasligini istayman. Agar, kimdir bu yigitni qanday topishni bilsa, unga jang san’ati bilan tanishtirmoqchi ekanligimni ayting.
Birozdan keyin Dillon o‘z shaxsiy sahifasiga bolakay bilan yozishmalaridan parcha ham keltirgan. "Agar, sen xohlasang, jui-jitsu to‘garagiga borishing uchun pul to‘layman. Bunday holatga tushishing juda achinarli. Kel shu ishni amalga oshiramiz”,- deb yozadi Dillon.
Bolakay unga javoban bundan juda xursand ekanligini yozadi.
Fikrlar