MMA jangchisi teleboshlovchini do‘pposlash niyatida...

  • 23 may, 2020, 19:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

      Ukrainalik MMA jangchisi Elena Kolesnik bokschi Aleksandr Usikni himoya qilib, teleboshlovchi Yanina Sokolovaga murojaat kildi.  Avvlroq, Sokolova Kolesnikni cherkov hakidagi rus filmida suratga tushganligi uchun tanqid kilgandi. Shuningdek, professional bokschi Aleksandr Usik sha’niga ham haqoratli so‘zlar aytgandi.
  “Yaninani Sashaga tanqidini butun dunyo taniydigan sportchi nomidan “piar” qilishda foydalanish deb bilaman. U shu orqali hech kimga qiziqarli bo‘lmagan muallifligi ostidagi ko‘rsatuvi reytingini ko‘tarmoqchi… Sportchilarning vazifasi shug‘ullanish hamda vatani sha’nini xalqaro arenalarda munosib himoya qilish, oddiy fukarolarning ishi esa, ishlash va oilasini ta’minlashdir! Siyosatchilar vazifasi fukarolarni farovonligi va bekamu-ko‘st hayotini ta’minlash, jurnalistlarning asosiy vazifasi yuz berayotgan voqeyliklarni haqqoniy va to‘g‘ri yoritishdir.

kolesnik

  Har kim o‘z ishi bilan shug‘ullanishi kerak. Bizni mamlakatimizda mana 6 yildir-ki, yuz berayotgan voqealardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga harakat qilishmokda. Yanina, Sashani tinch qo‘y! Agar, sportchiga xos tepki yoki tarsaki emoqchi bo‘lsang - marhamat. Sasha ayollarni urmaydi. Men esa do‘pposlayman. Ukraina faxri, bizning chempionimizni chalg‘itmaslik va og‘zingni ochmaslik imkonini senga jonim bilan taqdim etaman”,-deb yozib qoldirdi, Kolesnik o‘z Instagram sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!