
MMA: Jon Jons g‘alaba qozondi va UFC 247 ning qolgan natijalari
Bugun AQShning Xyuston shahrida UFC 247 turniri bo‘lib o‘tdi. Kechaning markaziy jangida Jon Jons hamda Dominik Reyes oktagonda kuch sinashishdi.
To‘liq davom etgan jangda hakamlar bir ovozdan Jonsning g‘alabasiga qaror qabul qilishdi. Shunday qilib, Jons UFCning yarimog‘ir vazn toifasidagi kamarini o‘zida saqlab qoldi.
UFC 247 turniri doirasida bo‘lib o‘tgan boshqa janglarda qo‘yidagi natijalar qayd etildi:
UFCning engil vazn toifasidagi chempioni Valentina Shevchenko (19-3) uchinchi raundda Ketlin Chukagyanni (13-3) nokautga uchratdi.
Jastin Tafa (4-1) birinchi raundda Xuan Adamsni (5-3) nokautga uchratdi.
Mirsad Bektich (13-3) hakamlarning turli qarorlari bilan (29-28, 28-29, 28-29) Dan Igiga (13-2) yutqazdi.
Derrik Lyuis esa (23-7) referelarning bir ovozdan qabul qilgan qarorlariga ko‘ra Ilir Latifini (14-8) mag‘lub etdi (29-28 uch marta)
Fikrlar