MMA: O‘zbekiston chempionatida umumjamoa hisobida qaysi viloyat g‘olib bo‘ldi yoxud eng yaxshilar bilan tanishing!

  • 20 dekabr, 2021, 21:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Navoi shahri aralash jang san’atlari bo‘yicha havaskorlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi. 17-18-19 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan mamlakat birinchiligi qizg‘in va shiddatli tarzda bo‘lib o‘tdi. Shuningdek joriy yilgi turnirda o‘g‘il bollar bilan bir qatorda qizlar o‘rtasida ham janglar bo‘lib o‘tdi. Uch kun davom etgan ushbu musobaqa 19 dekabr kuni o‘z yakuniga etdi.

Tecno

G‘olib va sovrindorlar borasida esa bevosita saytimizda habar berib o‘tgan edik. Ma’lumki, har bir katta musobaqada o‘ziga xos nominatsiyalar mavjud. Albatta joriy yilgi O‘zbekiston chempionati ham bundan mustasno bo‘lmadi va turnirning eng yaxshilari aniqlandi.

Demak: umumjamoa hisobida Andijon terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan holda, 1-o‘rinni band etdi. Navoi viloyati vakillari esa, 3 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, samarqandliklar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Shuningdek, quyidagi nominatsiyalarda ham g‘oliblar aniqlandi.

Eng yaxshi jang - Sherdor Toshbotirov (Samarqand)

Eng yaxshi nokaut – Olim Normurodov (Navoi, 1-raund, 36-soniya)

Eng yaxshi sabmishen – Nozimbek Qalandarov (Buxoro, 1-raund, 24-soniya)

And

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!