
Modrich Ispaniya kubogi finaliga tayyor
"Real" Madrid yarim himoyachisi Luka Modrich "Osasuna"ga qarshi Ispaniya kubogi finalini asosiy tarkibda boshlaydi. "Diario AS" nashri xabariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchining sog‘lig‘i uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlashga imkon beradi.
Modrich jarohati tufayli jamoasining so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi. 37 yoshli xavbek nafaqat Ispaniya kubogi finalini, balki “Manchester Siti”ga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi o‘yinini o‘tkazib yuboradi, degan xavotirlar ham bor edi. Biroq Luka Osasuna bilan o‘yingacha tarkibga qaytdi.
Eslatib o‘tamiz, Modrich joriy mavsum Ispaniya chempionatida 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar