Modrich: Qolganlar "Real"dan bir pog‘ona pastda
Luka Modrich "Real"ning Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyati haqida gapirdi.
38 yoshli futbolchi Xorvatiya terma jamoasi bilan Abu-Dabidagi reklama tadbirida ishtirok etdi.
"Real"ning Chempionlar ligasi bilan alohida munosabati bor. Shuning uchun, ular turnir tarixidagi eng titulli klub hisoblanadi. Men bor yo‘g‘i 3 marta La Liga va 5 marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganman.
"Real"ga o‘tganimda 1 yoki 2 ta Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishim mumkin, deb o‘ylagandim. Ammo hozir menda ulardan beshtasi bor.
"Real"dan kattaroq klub yo‘q. Qolganlar bizdan bir pog‘ona pastda", - dedi Madrid grandi yarim himoyachisi.



Fikrlar