
Modrich "Real"da qolish uchun bir o‘zgarishga qo‘l uradi
Luka Modrich "Real"da qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor. Bu haqda "As" nashri ma’lum qildi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 39 yoshli yarim himoyachining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi. "Real" hali o‘yinchining kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilmagan. Xabi Alonso u bilan yangi shartnoma tuzishni so‘ragan.
Agar tomonlar muzokara olib borsa, klub o‘yinchidan maoshini kamaytirishni so‘raydi. Xorvat bu shartni o‘tgan yili ham qabul qilgan va buni yana takrorlashga tayyor.
Ta’kidlanishicha, Modrich 2026 yilda "Real" o‘yinchisi sifatida faoliyatini yakunlamoqchi, ungacha esa Xorvatiya terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etmoqchi.
Fikrlar