Modrich "Real"ga o‘z hamyurtini tavsiya qildi

  • 1 mart, 2023, 16:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real" Madrid yarim himoyachisi Luka Modrich jamoa rahbariyatiga "Leyptsig" markaziy himoyachisi Yoshko Gvardiol bilan shartnoma imzolashni maslahat berdi.
Avvalroq matbuotda "qaymoqranglilar"ning xorvatiyalik mudofaa vakiliga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Diario AS" nashri xabariga ko‘ra, Modrich rahbariyatga hamyurti jamoani kuchaytirishi mumkinligini aytgan. 
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli futbolchi Xorvatiya terma jamoasi tarkibida jahon chempionatidagi ajoyib o‘yinlari bilan yodda qoldi va "shaxmatchilar"ning bronza medallarini qo‘lga kiritishiga o‘z hissasini qo‘shdi. "Transfermarkt" portali uni 75 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!