
Modrich Saudiya Arabistonidan foydali taklif oldi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Saudiya Arabistoni jamoasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 37 yoshli yarim himoyachi uch mavsum davomida 120 million evrolik foydali taklif olgan. Xorvatiyalikning yillik maoshi 40 million evroni tashkil qiladi. Luka "qaymoqranglilar" rahbariyatini klub ro‘yxatini o‘zgartirish istagi haqida xabardor qilgan.
Modrich 2012 yildan beri "Real"da o‘ynamoqda. Futbolchining madridliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi shu oy oxirigada yakunlanadi.
Luka joriy mavsumda La Ligada 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar