Modrich "Siti"ga qarshi o‘yin oldidan "Real" muxlislariga yoqadigan gaplarni gapirdi

  • 17 may, 2023, 12:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich Chempionlar Ligasi yarim final javob bahsi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Biz ushbu o‘yinni intiqlik bilan kutyapmiz. Sheriklarim ham, murabbiyimiz ham xotirjam ekanini ko‘rib turibman. Chunki bunday o‘yinlarda ko‘p o‘ynaganmiz.  Biz o‘z imkoniyatlarimizga va ko‘rsatadigan futbolimizga to‘liq ishonamiz. O‘ylaymanki, bu juda zo‘r o‘yin bo‘ladi. Finalda o‘ynash esa ajoyib bo‘lgan bo‘lardi”.

Chempionlar ligasida 6-marta g‘alaba qozonish imkoniyati haqida:

“Bu juda katta motivatsiya. Zidan bizga meros haqida gapirganda ko‘rsatgan videosi haligacha esimda. Albatta, biz tarix yaratishda davom etish imkoniyati haqida o‘ylaymiz va bunday uchrashuvlar o‘z-o‘zidan bizga motivatsiya beradi. Keyingi final juda yaqin ekanini bilsangiz, unga bor kuchingizni berishni xohlaysiz. Shunday ekan biz tarix yaratishga yaqinmiz.

Bu ajoyib o‘yin, biz o‘zimizni qulay his qiladigan uchrashuvlardan biri. Bizga Chempionlar ligasi yoqadi, chunki bu bizning turnirimiz. Bunday o‘yinlar oldidan qulaylik hissi bor va shuning uchun ham tez-tez g‘alaba qozonganmiz. Biz o‘zimizga ishonamiz va 100% borimizni beramiz”, - dedi xorvatiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” – “Real” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Ushbu jamoalarning Madriddagi uchrashuvida 1:1 hisobida qayd etilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!