
Modrich terma jamoadagi o‘rni haqida gapirdi
Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasi safida 180 ta o‘yin o‘tkazgani haqida gapirdi.
- Bunday marraga erishganimdan faxrlanaman va baxtiyorman. Buncha vaqt o‘ynaganimni tasavvur qilish qiyin. Terma jamoada debyut qilishni orzu qilganimni eslayman. Men hali ham yurtim uchun o‘ynab, yangi g‘alabalarga erishishga yordam berayotganimdan xursandman.
Termadagi kelajagim haqida bir nima deyish qiyin. Biroq, hozirda men o‘z ishimni davom ettirmoqdaman, - dedi "Real Madrid"ning 39 yoshli yarim himoyachisi.
Ma’lumot uchun, xavbek terma jamoadagi ilk debyutini 2006 yil amalga oshirgan.
Fikrlar