
Modrich yaqinda ikki muhim qarorni qabul qiladi
Yarim himoyachi Luka Modrich yaqin orada bir qancha muhim qarorlarni qabul qilishi kerak. Birinchisi, Xorvatiya terma jamoasiga tegishli - 37 yoshli futbolchi Millatlar ligasining yakuniy qismidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkin. Kecha, chorshanba kuni Xorvatiya terma jamoasi Niderlandiyani mag‘lub etdi (4:2) va finalga chiqdi.
Modrichning ikkinchi qarori uning klub futbolidagi kelajagi haqida bo‘ladi. "TodoFichaes" nashri xabariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi "Real" prezidenti Florentino Peres va klub direktorlari bilan uchrashishni so‘ragan. Uchrashuv kelasi haftaga mo‘ljallangan.
Luka, ehtimol, "Al-Hilol"ning taklifi (uch yil davomida 200 million evro) haqida gapirib, Saudiya Arabistoniga ketishi yoki Madridda yana bir mavsum qolishini hal qiladi.
Fikrlar