
Modrich yo‘lida "Inter"ga yana bir jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi
“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich uchun kurash olib borayotgan “Inter”ga bu borada jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi.
Football Espana nashrining xabar berishicha 33 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun kurashga “Bavariya” ham qo‘shilgan. Myunxenliklar ustozi Niko Kovach ayni damda o‘z pozitsiyasi bo‘yicha dunyoda tengsiz bo‘lib turgan vatandoshini "Alyants Arena"da ko‘rmoqchi.
Ma’lumot uchun, Modrich joriy mavsum “Real” safida jami 4ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar