Mohir to‘purar yangi ustozini maqtadi

  • 6 iyul, 2021, 12:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem”ning eng yorqin futbolchisi Harri Keyn jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan Nunu Eshpiritu Santuni maqtadi va sport direktori vazifasiga taklif qilingan Fabio Paratichi haqida ham gapirdi.

Tecno

- Har gal yangi murabbiy kelganida  klubda hayajon hukmronlik qiladi. Nunu ajoyib menejer va u buni “Vulverxempton”da ishlaganida isbotlab qo‘ydi. Biz u bilan Evropa chempionatidan keyin ko‘rishamiz.

Men Paratichi “Tottenxem”da qolishimni istayotgani haqida eshitdim. Bu menga ilhom bag‘ishlaydi. Kerakligingni bilish yoqimli. Yangi  sport direktori bilan ham tez orada yaqindan tanishib olamiz, - dedi Harri Keyn.

27 yoshli futbolchi faoliyatini sorvinlar uchun kurasha oladigan jamoada davom ettirmoqchi bo‘lyapti. Uning transferi uchun Manchester klublar 100 million funt berishga tayyor. Biroq, “Tottenxem” prezidenti Daniel Levi hujumchini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!