
Mohir to‘purarga chempion bo‘ladigan jamoa kerak
“Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyangni qo‘lga kiritishga da’vogar klublar orasiga “Yuventus” ham qo‘shildi.
Yozgi transferlar boshlanishidan oldin turinliklardan tashqari “Barselona”, “Real”, “Inter” va PSJ gabonlik to‘purar roziligini olishga harakat qilmoqda.
“Arsenal” ham 30 yoshli futbolchini olib qolish uchun bor imkoniyatdan foydalanyapti. Lekin Obameyang chempion bo‘ladigan klubda to‘p surmoqchi. Ikki yildan beri London klubida to‘p surayotgan forvard Joriy yilda primer-ligada 26 ta uchrashuvda 17 ta gol urdi va Evropa Ligasida oltita o‘yinda uch marotaba darvozani aniq nishonga oldi.
Fikrlar