
“Monako” futbolchisi: Hakamlar “Yuventus”ga doimo yordam berib kelishgan va bu davom etmoqda
“Monako” klubi himoyachisi Kamil Glik Chempionlar ligasi yarim finalida “Yuventus”dan engilib, musobaqani tark etganidan so‘ng, hakamlar turinliklarga yordam berishi haqida gapirib o‘tdi.
– Balkim men rostan ham qizil kartochkaga loyiq harakat qilgandirman, ammo avvalroq “Yuventus” futbolchilari bundanda jiddiy qo‘polliklari uchun maydondan chetlatilmadi. Masalan, Turin derbisida Afriye Akva nohaq maydondan chetlatildi.Sinisha Mixaylovich esa bekordan 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Hakamlar doimo “Yuventus”ga yordam berishadi. Afsuski, bu avval ham bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi, – deydi Glik.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” 3 iyun kuni Chempionlar ligasi finalida Madridning “Real” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar