
"Monako" "Marsel"ga qarshi o‘yinda kambek qildi (video)
Frantsiya chempionatining 21-turida “Marsel” safarda “Monako” mehmoni bo‘ldi.
Garchi marselliklar birinchi bo‘lib gol urgan bo‘lsada, yakunda monakoliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Monako”ning gollariga Gilermo Maripan (48'), Orelen Tchuameni (75') va Stevan Yovetich (90') mualliflik qildi. “Marsel”ning yagona golini Nemanya Radonich (12') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar