Granit Jaka yozda "Inter"ga o‘tishi mumkin
Londonning "Arsenal" jamoasi yarim himoyachisi Granit Jaka faoliyatini Italiya A Seriyada davom ettirishi mumkin.
Corrierea dello Sport nashri xabar berishicha, "Inter" jamoasi shveytsariyalik xavbek xizmatiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Neradzurrilar" 26 yoshli yarim himoyachini yozgi transfer oynasi vaqtida sotib olishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Granit Jakaning "Arsenal" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo‘jallangan.
Fikrlar