
Monchi yana "Sevilya"ga qaytishi mumkin
Xabaringiz bor bundan avvalroq "Roma" klubi sport direkorti Ramon Monchi o‘z lavozimidan iste’foga chiqargani haqida xabar bergan edik.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 50 yoshli funktsioner yana andalusiyaliklar safiga qaytishi mumkin. Bu haqda “Sevilya” klubi prezidenti Xose Kastro aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Monchi Londonning “Arsenal” klubida ish boshlashi haqida ham xabarlar tarqalgan edi. Unga shuningdek PSJdan ham qiziqishlar bor.
Ma’lumot uchun, Monchi “Sevilya” sport direktori lavozimida 2000 yildan 2017 yilga qadar faoliyat olib borgan.
Fikrlar