Moskvada PSJ akademiyasi ochiladi
PSJ klubi o‘zining Rossiyadagi ilk akademiyasini ochish arafasida turibdi. Ushbu loyihaga Moskva shahridagi 2 ta futbol markazi xo‘jayini hisoblangan Denis Marenko rahbar etib tayinlandi.
Parijliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra akademiya tarbiyalanuvchilari Moskvadagi “Lujniki” ultra-zamonaviy sport majmuasida shug‘ullanishadi. O‘quv jarayonlari joriy yilning sentyabr oyidan boshlanadi.
Frantsiya chempioni kelajakda Sankt-Peterburgda ham ana shunday akademiyalardan birini ishga tushirishni rejalashtirgan.

Fikrlar