Mourinyoga "Real"da oltita futbolchi kerak emas

  • 09.06.2026 15:21
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubida bu hafta bosh murabbiy lavozimiga Joze Mourinyo tayinlanishi kutilmoqda. Diario Sport nashrining yozishicha, portugaliyalik mutaxassis jamoa tarkibida bir qator o‘zgarishlar qilishni rejalashtirgan va olti nafar futbolchini kelasi mavsumda ko‘rmayapti.

Manbaga ko‘ra, gap Rodrigo, Eduardo Kamavinga, Raul Asensio, Dani Sebalyos, Fran Garsiya va Franko Mastantuono haqida ketmoqda. Ushbu futbolchilar yozgi transfer oynasi davomida klubni tark etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarga qadar ommaviy axborot vositalarida Florentino Peres "Real" prezidenti etib qayta saylangandan so‘ng jamoa safiga Ibraima Konate va Denzel Dyumfris qo‘shilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shuningdek, Joze Mourinyo shartnoma imzolash uchun allaqachon Madriddga yetib kelgani ma’lum qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!