Mourin'yo "Real"ning katta transferiga qarshi chiqdi
Madridning "Real" jamoasini boshqarishi kutilayotgan Joze Mourinyo klub rahbariyatining "Atletiko"dan hujumchi Julian Alvaresni sotib olish rejasiga qarshi chiqdi. Bu haqida Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassisning klub rahbariyati bilan ilk kelishmovchiliklari hali uning qaytishi rasmiy e'lon qilinmasidan oldinoq yuzaga kelgan. Gap "Atletiko" rad etgan 150 million yevro miqdoridagi taklif haqida ketmoqda.
Aytilishicha, klub ichida bu vaziyat bo‘yicha yagona pozitsiya mavjud emas. "Real" tomoni vakillariga ko‘ra, Mourinyo argentinalik hujumchiga rasmiy taklif berish niyatidan xabardor qilingan, lekin bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamagan. Shunga qaramay, rahbariyat baribir "Atletiko"ga rasmiy taklif bilan chiqishga qaror qilgan.
Mourinyoga yaqin manbalar esa, aksincha, murabbiy muzokaralar borganidan ular oshkora bo‘lgunga qadar umuman bexabar bo‘lganini ta'kidlamoqda. Ushbu versiyaga ko‘ra, u vaziyatdan faqat "Real" "Atletiko" 150 million yevrolik taklifni rad etgani haqida rasmiy bayonot e'lon qilgandan so‘nggina xabardor bo‘lgan.
Shu bilan birga, ikki tomon bir masalada kelishgan: Alvares portugaliyalik mutaxassis qat'iy talab qilgan futbolchi emas edi. Nashr ma'lumoticha, Mourinyo "Atletiko" forvardini "Real"ni kuchaytirish uchun ustuvor transfer varianti, deb hisoblamaydi.

Fikrlar