Mourin'yo va Mbappe oʻrtasidagi shaxsiy suhbat tafsilotlari ochiqlandi

  • 17.06.2026 18:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" klubining yangi bosh murabbiyi Joze Mourin'yo jamoa hujumchisi Kilian Mbappe bilan muloqot qildi. Bu haqida jurnalist Ignasio San'ches xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra,  "Real"ni qabul qilib olgan portugaliyalik mutaxassis jamoaning asosiy forvardi bilan telefon orqali gaplashgan. 

Mourin'yo Mbappega jahon chempionatida omad tilagan va undan "Real" safida ham maydonda, ham maydondan tashqarida maksimal darajada o'zini ayamasdan ishlashni so'ragan.

Xabarda qayd etilishicha, Mbappe Mourin'yoga uning loyihasida shubhasiz yetakchiga aylanishini va'da qilgan. Shuningdek, fransuz hujumchisi kelasi mavsumda Mourin'yo bilan birga "Real" tarkibida sovrinlar qo'lga kiritishini ta'kidlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!