Mourino Abraxamning jarohati va kechagi o‘yinda shiddatli o‘ynagan shogirdi haqida gapirdi

  • 23 dekabr, 2021, 03:41
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriya 19-turidan o‘rin olgan "Sampdoriya"ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi:

"Birinchi bo‘limda bizda muammolar bo‘ldi. Jamoa diqqatni bir joyga jamlay olmay, to‘pni ko‘p yo‘qotdi. Faqatgina Zanolo shiddatli o‘ynadi. 

Ikkinchi taym biz uchun biroz yaxshiroq o‘tdi. Mxitaryanning pozitsiyasini o‘zgartirdik va gol urdik. Shunday bo‘lsa-da bu kabi o‘yin namoyish etadigan jamoalarga qarshi harakatlanish qiyin. 

Abraxam jarohat olgan paytda qon ketishidan boshqa hech narsani ko‘rmadim. U yura olmadi. Jarohat jiddiy emas, lekin u o‘zini yaxshi his qilmayapti", - dedi Mourino. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Farrukh Ergashev
23/12/2021 06:09
Janob Mourinyo gol urgan kim bo'ldi yu siz maqtagan o'yinchi kim bulyapti . Bizni o'zbek o'g'loniga ishonch bildirishda davom etavering sizni uyaltirib qo'ymaydi . Olg'a Eldor omad yor bo'lsin.