"Mourino ancha oldin "Real" bilan kelishib olgandi"

  • 8 fevral, 2022, 17:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" prezidenti Massimo Moratti Italiya Kubogi 1/8 final o‘yini oldidan "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino bilan sodir bo‘lgan holat haqida gapirdi.

Tecno

"Bu o‘tmishda qolib ketgan hikoya. O‘shanda Mourino "Real"ga o‘tish qarorini Chempionlar Ligasi finalidan ancha oldin qabul qilgan edi. Ammo hal qiluvchi bahsda biz "Bavariya" ustidan g‘alaba qozonib, chempion bo‘lganmiz.

Uning qarori haqida gaplashmaganmiz. Boisi, may oyi biz uchun juda muhim edi va ichki muhitni buzishni xohlamagandik. Finaldan oldin birga tushlik qildik va hammasi hal bo‘ldi. Bugun esa u hissiyotlarini jilovlay olmasa kerak. Chunki uning "Inter" bilan aloqalari hamon ancha mustahkam.

Eslatib o‘tamiz, "Inter" - "Roma" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!