Mourino APL klublarida boshqa ishlamaydi
"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinoning iste’fosi haqida fikr bildirdi. Uning fikricha, portugaliyalik mutaxassis APL klublarida boshqa ishlamaydi.
"Men Mourinoni Premer-ligada ko‘rmayapman. U uchun APLdagi faoliyati yakunlandi. Joze "Tottenxem"da ishladi. Shu sababli, "Arsenal"ni boshqarmaydi. Shuningdek, MYuda ishlagani uchun "Siti" boshqaruviga ham kelmaydi. "Liverpul"ga uning tayinlanishi qiyin.
O‘rtamiyona jamoani boshqarishi mumkinmi? Yo‘q, men Jozeni unday jamoada ko‘rmayman. Ehtimol, u qaysidir terma jamoaga tayinlanar yoki Italiya chempionatiga boradi", - dedi Karrager.
Eslatib o‘tamiz, Mourino "Tottenxem"da 2019 yildan buyon ishlab kelayotgan edi.

Fikrlar