Mourino bilan kelisha olmagan uchinchi futbochli ham “Tottenxem”dan ketadi

  • 8 dekabr, 2020, 21:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino borgan joyida futbolchilar bilan o‘zaro munosabatlarda muammoga duch kelishi odatiy holga aylangan. Portugaliyalik mutaxassis “Tottenxem”ni qabul qilib olganidan keyin klub tarixidagi eng qimmat transfer egasi Tangi Ndombele va jamoa yulduzi Dele Alliga etarlicha muammo tug‘dirgan edi.

Tecno

Ndombele keyinchalik murabbiy ko‘ngliga yo‘l topa olgan bo‘lsa, Alli ketishga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Endi Jozega ma’qul kelmay qolgan uchinchi futbolchi ham muammolar girdobida qoldi. “Tottenxem” himoyachisi Davinson Sanches uch mavsum davomida jamoaning asosiy futbolchilaridan bo‘lganiga qaramay, maydonga juda kam tushilayotganidan norozi bo‘lmoqda. U joriy mavsumda atigi to‘rtta uchrashuvda qatnashdi.

Shu bois, kolumbiyalik futbolchi Londondan ketmoqchi. Unga “Milan” jiddiy qiziqish bildiryapti.

Milanliklar Sanchesni keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!