Mourino: Bu futbolchi bizni Chempionlar ligasiga olib chiqadi!
“Roma” rahbariyati “Valensiya” hujumkor futbolchisi Gonsalu Gedeshni transfer qilishga urinmoqda, - deb xabar tarqatdi Tuttosport nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z hamyurti yordamida kelasi mavsumda A Seriyada kuchli to‘rtlikka kirib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqmoqchi. Buni amalga oshirish uchun poytaxt klubi rahbariyati sezilarli darajada xarajat qilishga tayyor.
Gedeshning oldida ikkita yo‘l turibdi. Portugaliyalik yulduz “Roma” taklifini qabul qilishga moyilligi aytilmoqda. Bunda “Roma”ni Joze Mourino boshqarayotgani muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
“Valensiya” mutasaddilari o‘z yulduzining yana ikki mavsumdan keyin tugaydigan shartnomasini uzaytirishga harakat qilyapti.
25 yoshli hujumkor futbolchi mavsumni 42 ta o‘yin, 13 ta gol va oltita golli uzatma muallifi sifatida yakunladi. Transfermarkt portali Gonsalu Gedeshni 40 million evroga baholamoqda.
Biz uchun qizig‘i shundaki, Gonsalu Gedeshning asosiy ampluasi chap qanot hujumchisi hisoblanadi. "Roma"da ayni paytda bu pozitsiyada Eldor Shomurodov o‘ynaydi. Portugaliyalik futbolchi xuddi legionerimiz kabi hujum markazida ham samarali harakat qila oladi.
Fikrlar