Mourino bugun boshqacha taktika qo‘llashi mumkin. Bu Shomurodov va Abraxam bilan bog‘liq
"Roma" A Seriya 3-turida "Sassuola" bilan kuch sinashadi. Rimda o‘tkaziladigan bahs Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.
Mazkur bahsda Joze Mourino boshqacha taktikadan foydalanishi mumkin. Ya’ni bir vaqtning o‘zida Eldor Shomurodov va Temmi Abraxam maydonga tushishi kutilmoqda. Raqib juda kuchli bo‘lmagani uchun murabbiy shunday yo‘l tutishi mumkin. Bu orqali Joze ikkita hujumchi taktikasini sinovdan o‘tkazib oladi.
Italiya terma jamoasi va “Inter” klubining sobiq himoyachisi Marko Materatstsi Moskva shahridagi turnirda Eldor Shomurodovning salohiyati haqida fikr bildirar ekan, bugungi bahsda Mourino ikkita hujumchidan foydalanishi borasida fikr bildirdi.
- Eldor Shomurodovning o‘yinlarini avval ham ko‘rganman. Menimcha, u juda yaxshi futbolchiga aylana oladi. Hozir eng muhimi, u jamoani his qilishi va Temmi Abraxam bilan birga o‘ynay olishi kerak. Eshitishimcha, yakshanba kuni Mourino “Sassuolo”ga qarshi uchrashuvda bu ikkisini hujumda o‘ynatishi mumkin ekan. Hozir ular bir-birini almashtiryapti. Men buyuk futbolchilar birga o‘ynashi kerakligiga aminman, - dedi Marko Materatstsi.

Fikrlar